“Tolibon” o‘z mahbuslari ozod etilmaguncha afg‘on muzokaralarida ishtirok etmasligini bildirdi
Olam
−
02 mart 2020
5904"Tolibon" harakati toki guruhning 5000 nafar mahbusi ozod qilinmaguncha Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar o‘tkazmaydi. Bu esa urushni tugatish uchun jiddiy to‘siq hisoblanadi. Bu haqda "Tolibon"ning rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.
Joriy yilning 29 fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" o‘rtasida imzolangan kelishuvga (https://qalampir.uz/n/14842) ko‘ra, ikkala tomon ham ishonchni mustahkamlash chorasi sifatida harbiy va siyosiy mahbuslarni ozod qilish talab etiladi.
Kelishuv Afg‘oniston hukumati tomonidan shu yilning 10 martiga qadar 5000 nafarga yaqin "Tolibon" asirini 1000 harbiy asir evaziga ozod etishini ko‘zda tutadi.
Muzokaralarda ishtirok etmagan Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bu talabni rad etdi. (https://qalampir.uz/uz/news/afgoniston-%D2%B3ukumati-tolibon-ma%D2%B3buslarini-ozod-etmasligini-bildirdi-14856)
"Biz Afg‘oniston ichidagi muzokaralarga to‘la tayyormiz, ammo biz 5000 mahbusimizning ozod qilinishini kutmoqdamiz", dedi "Tolibon" vakili Zabihulloh Mujohid.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi