“Tolibon” Afg‘onistondagi ochlik va kambag‘allikning aybdorini ochiqladi

Olam

image

Amerikaning Afg‘onistonga qarshi sanksiyalari bu mamlakatda qashshoqlikning asosiy sababiga aylandi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni “Tolibon” tomonidan tuzilgan Afg‘oniston muvaqqat hukumatida tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqi Toshkentda o‘tgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasida aytib o‘tdi. 

“Bizning iqtisodiy tizimimiz AQSHning iqtisodiy sanksiyalari ostida va bu mamlakatda qashshoqlikning asosiy omilini yaratdi”, deydi Muttaqi.  

Uning qo‘shimcha qilishicha, sanksiyalar nafaqat Afg‘onistonga sarmoya kiritishga, balki oddiy odamlar hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan butun iqtisodiy tizimning ishlashiga ham to‘sqinlik qiladi. 

Milliy statistika va axborot byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonning umumiy aholisi 34,3 million kishini tashkil qiladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda 22,8 million afg‘on doimiy ravishda to‘yib ovqatlanmaydi, 8,7 million kishi esa ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu, asosan, “Tolibon” Afg‘onistondagi 9,4 milliard dollar zaxiraning atigi 0,1 foiziga ega bo‘lishi bilan bog‘liq, ularning aksariyati AQSH tomonidan muzlatilgan. 

“Tolibon” xalqaro sanksiyalar ostida, BMT va boshqa gumanitar tashkilotlarga ko‘ra, bu Afg‘oniston xalqiga yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, konferensiyada ishtirok etgan Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqi Qo‘shma Shtatlarni xorijiy banklarda bloklangan afg‘on aktivlariga taqiqni olib tashlashga chaqirdi. Bu, uning fikricha, Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishi uchun juda ijobiy bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing