“Tolibon” Afg‘onistonda yangi Oliy sud tashkil etilganini e’lon qildi
Olam
−
15 Oktabr 2021
5669Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati bugun, 15 oktyabr kuni mamlakatda yangi Oliy sud tashkil etilganini e’lon qildi. Bu haqda harakat vakili Alhanafi Vardakka tayanib, TASS ma’lum qildi.
“Afg‘oniston Islom Amirligi rahbariyati Oliy sudni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shayx Mavlaviy Abdul Hakim Haqqoniy vaqtincha oliy sudya, uning birinchi o‘rinbosari Mavlaviy Muhammad Qosim Turkman, ikkinchi o‘rinbosari esa Mavlaviy Abdul Malik etib tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Foto: Pokiston OAVga ko‘ra, Shayx Mavlaviy Abdul Hakim Haqqoniy
Eslatib o‘tamiz, 1996-2001 yillarda “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallab turgan vaqtlarida butun sud tizimi din ulamolari nazorati ostida edi.
2001 yilda “Tolibon” hokimiyati ag‘darilib, Afg‘onistonda konstitutsiya qabul qilingach, 2004 yilda mamlakatda Oliy sud tashkil etilgandi. U parlament roziligi bilan Prezident tomonidan tayinlangan to‘qqiz sudyadan iborat, vakolat muddati esa 10 yilni tashkil qilardi.
Ma’lumot uchun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi.
Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, chet davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kelayotgan yordam to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, minglar afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.
Shunday bir davrdan jahon hamjamiyati Afg‘onistonni bee’tibor qoldirmoqchi emas. Bunday xatoga dunyo yetakchilari avval yo‘l qo‘ygan. Buning oqibatlari ayniqsa AQSHning esidan chiqmaydi. Afg‘oniston terrorchi guruhlar uyasiga aylanmasligi uchun jahon yetakchilari “Tolibon” bilan ishlamoqchi, hatto ushbu harakat BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan bo‘lsa ham.
LiveBarchasi