“Tolibon” jangarilari orasida “tozalash” o‘tkazmoqchi

Olam

image

“Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan Afg‘oniston Islom Amirligi hukumati harbiy bo‘linmalarida islohot o‘tkazib, o‘z mansabini suiiste’mol qilgan a’zolarni chetlashtirmoqchi. Bu haqda “Tolo News” Vazirlar Mahkamasi bayonotiga asoslanib, xabar berdi.

Bayonotda hukumatning yangi qarorlari haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q. Biroq, Ichki ishlar vazirligi bu chora yetarli malakaga ega bo‘lmagan va Amirlik nomidan foydalanib ish bitiradigan odamlarni chetlatishga qaratilganini bildirgan.

“Islom Amirligi o‘z qurolli kuchlarida monitoring o‘tkazish uchun mustaqil komissiya tuzdi. Komissiya tarkibiga Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va razvedka boshqarmasi vakillari kirgan”, degan Ichki ishlar vazirligi vakili Said Xusti jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Fuqarolar va faollar hukumatning o‘z harbiy qismlarini nazorat qilishga qaratilgan bu qarorini mamnuniyat bilan qarshi olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing