“Tolibon” Afg‘onistonda turk harbiylari qolishining oqibatlaridan ogohlantirdi

Olam

image

Turkiya AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etishi fonida Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirishi ortidan “Tolibon” harakati rasmiy Anqarani ogohlantirdi. Harakat Turkiya Afg‘onistonga qo‘shin joylashtirishi mumkin emasligini ta’kidlamoqda.

“Dawn” nashrining “Tolibon” bayonotiga tayanib xabar berishicha, Turkiyaning bunday qarori “shoshqaloqlik” va mamlakat “suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzadi” hamda uning milliy manfaatlariga ham zid.

“Turkiya hukumatining Qo‘shma Shtatlarning iltimosiga va qaroriga binoan mamlakatimizga qarshi tajovuzni davom ettirish to‘g‘risida e’lon qilishi bizda nafrat va adovatni keltirib chiqaradi hamda ikki tomonlama munosabatlarga putur etkazadi”, deyiladi harakat bayonotida.

"Tolibon" rahbarlari “Afg‘onistonda xorijiy kuchlarning borligi, mamlakat nomidan qat’i nazar, tajovuzkorlik ekanligini va uzurpatorlarga 1500 afg‘onistonlik olimlar bergan fatvo asosida muomala qilinishini” ta’kidladilar.

Avvalroq, “Tolibon” Afg‘onistonda sulhga erishish shartini ma’lum qilib, buning uchun tomonlar siyosiy kelishuvga erishishi kerakligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

798

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing