“Tolibon” Afg‘onistonda demokratik davlat quradimi? Harakat vakili javob berdi

Olam

image

Afg‘oniston demokratik davlatga aylanmaydi, unda shariat qonunlariga amal qilinadi. Bu haqda “Tolibon” vakili Vohidulla Hoshimiy “Reuters” agentligiga ma’lum qildi.

“Demokratik tizim umuman bo‘lmaydi, chunki uning mamlakatimizda poydevori mavjud emas”, deydi u.

Shuningdek, Hoshimiy mamlakatda siyosiy tizim haqida hech qanday munozara o‘tkazilmasligini ta’kidlab, bu, allaqachon, aniq bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

“Shariat qonunlariga amal qilinadi, bori shu ”, deydi u.

Unga ko‘ra, Afg‘onistonda hokimiyat tuzilmasi “Tolibon” hukmronligining oldingi davri — 1996–2001 yillardagiga o‘xshash bo‘ladi.

Elatib o‘tamiz, “Tolibon” joriy yilning 15 avgust kuni butun Afg‘oniston hududini o‘z nazoratiga olganini va hukumat kuchlari bilan qurolli to‘qnashuv tugaganini xabar qildi. Bugun, 19 avgust kuni esa harakat mamlakatning Buyuk Britaniya mustamlakasidan ozod bo‘lganining 102 yilligi munosabati bilan Afg‘onistonni Islom Amirligi, deb e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston Mustaqillik kuni – 1919 yilda Angliya-Afg‘oniston shartnomasi imzolanishi munosabati bilan 19 avgustda nishonlanadigan milliy bayram. Bu bitimga muvofiq Buyuk Britaniya nihoyat Afg‘oniston davlatining mustaqilligini tan olgan.

2001 yil Afg‘onistonga kirgan AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlarining asosiy qismi mamlakatni tark etdi. G‘arb davlatlarining Qobulda qolgan kuchlari diplomatlarni va o‘zlariga yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qilish bilan band. “Tolibon” siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda 20 yil davom etgan urush tugaganini e’lon qildi

Hokimiyatga toliblar kelganidan keyingi dastlabki kunlarda Qobul aeroportida tartibsizlik hukm surdi: odamlar diplomatik xodimlarni mamlakatdan olib ketayotgan xorijiy samolyotlarga hujum qildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bir necha kishi samolyot bortidan yiqilib vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing