“Tolibon” Afg‘oniston xavfsizligi uchun muhim davlatlarni ma’lum qildi

Olam

image

“Tolibon” Rossiya va kengaytirilgan “uchlik” (AQSH, Xitoy, Pokiston) Afg‘oniston taqdiri va mintaqa xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi deb hisoblaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdusalom Hanafiy ushbu davlatlarni “kuchli mintaqaviy o‘yinchi” deb atagan.

“Kengaytirilgan uchlik” butun mintaqa xavfsizligini ta’minlash uchun juda muhim hisoblanadi. Bu o‘z nuqtai nazarini ifoda etish uchun, shuningdek, mintaqaviy davlatlar o‘rtasida umumiy pozitsiyani egallash uchun maydon”, deydi Abdusalom Hanafiy.

Hanafiyning fikricha, Rossiya, kuchli mintaqaviy o‘yinchi sifatida Afg‘oniston uchun ijobiy rol o‘ynashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

747

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing