“Tolibon” afg‘on mehnat muhojirlari Rossiyaga borishi mumkinligini aytdi

Olam

image

Rossiyaning bir qancha hududlari, xususan, Tatariston va Checheniston afg‘onistonlik mehnat muhojirlariga ish taklif qildi. Bu haqda Afg‘onistonda "Tolibon" harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatning mehnat va ijtimoiy munosabatlar vaziri vazifasini bajaruvchisi Abdul Umariy ma’lum qildi.

"Checheniston va Tatariston, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi boshqa respublikalar bizga Afg‘onistondan kelgan muhojirlar uchun, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini amalga oshirishni taklif qilishdi", deydi u.

Umariyning aytishicha, bu masala Rossiya mehnat vaziri Anton Kotyakov bilan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasidagi uchrashuvda, shuningdek, Dog‘iston vakillari bilan muzokaralar chog‘ida ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, 28 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Toshkentda “Tolibon” harakati bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi va bunga sabab sifatida ular Afg‘onistonni nazorat qilishi hamda mamlakatning amaldagi hukumati hisoblanishini keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Abdul Umariy “Tolibon” Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida futbol o‘yinlari o‘tkazilishini xohlayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Rossiya Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing