“Tolibon” afg‘on ayollarini BMT idoralarida ishlashini taqiqladi
Olam
−
05 aprel 2023
3609Afg‘onistondagi Muvaqqat hukumat – “Tolibon” Birlashgan Millatlar Tashkilotining afg‘on xodimlariga mamlakatda ishlashni taqiqladi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.
“Turli kanallar orqali bizga taqiq butun mamlakatga taalluqli ekanligi haqida ma’lumot oldik”, deydi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu taqiq qabul qilib bo‘lmaydigan va tushunarsiz. Shuningdek, taqiq gumanitar tashkilotlarning yordamga muhtoj bo‘lganlarga ko‘mak berish qobiliyatiga putur yetkazishi mumkin.
BMT rasmiylari vaziyatga oydinlik kiritish uchun Qobulda rasmiylar bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roza Otunboyeva Qobulda “Tolibon” Bosh vazir o‘rinbosari Abdul Kabir bilan uchrashgan edi. Uchrashuv davomida Abdul Kabir “Tolibon” hukumati BMT tomonidan qo‘yilgan barcha shartlarni bajarganini va buni tan olish vaqti kelganini aytgan.
LiveBarchasi