“Tolibon” 500 dan ortiq musiqa asbobini yoqib yubordi

Olam

image

Afg‘onistonning markaziy Parvon viloyatida “Tolibon” muvaqqat hukumatining ezgulikni targ‘ib qilish, illatlarning oldini olish va shikoyatlarni ko‘rib chiqish departamenti 500 dan ortiq musiqa asboblari hamda ular bilan bog‘liq buyumlarni yo‘q qildi. Bu haqda kecha, 18 fevral kuni “Pajhwok Afghan News” xabar berdi.

Departament rahbari Mavlaviy Maqbul Ahmad Vakasning nashrga bergan ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida viloyat markazi va tumanlarda raqs va bayram tadbirlarida qo‘llanilgan, rasmiylarning fikricha shariat me’yorlariga zid bo‘lgan musiqa asboblari va atributlar yig‘ib olingan.

Vakasning aytishicha, asboblarni yoqib yuborish Gulgandi tumanida viloyat ma’muriyati, razvedka hamda boshqa vakolatli organlar vakillari ishtirokida amalga oshirilgan. U, shuningdek, aholini shariat qonunlariga mos kelmaydigan buyumlardan foydalanmaslikka chaqirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” o‘quv shifoxonalarida operatsiya jarayonida erkak va ayol tibbiyot xodimlarining birga ishlashini taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatma bergani haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon musiqa asbobi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing