“Tolibon” Hindiston ularga havodan zarba berganini aytmoqda

Olam

image
Rossiya o‘zbek-afg‘on chegarasiga jangovar samolyotlarini yuboradi north_east

Rossiya o‘zbek-afg‘on chegarasiga jangovar samolyotlarini yuboradi

“Tolibon” vakili Zabixullo Mujohid Hindistondan qilingan hujum haqida xabar berdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston Havo kuchlari Helmand viloyati markazi Lashkargoh shahriga havo hujumini uyushtirgan. Hujum tinch aholi shifoxonasiga qilingan.

“Tolibon” vakilining qayd etishicha, odatda toliblar joylashgan joyga havo hujumlari muntazam ravishda Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ildizi Rossiyada bo‘lgan “Sputnik” nashriga ko‘ra, Hindiston harbiylari so‘nggi haftalarda Afg‘onistondagi urushga qo‘shilgan va jangarilarga aniq zarbalar bermoqda. Nashr o‘z xabarida bu jarayonlarda Markaziy Osiyo davlatlarining qo‘li borligiga ishora qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati Termiz shahri poligonlarida O‘zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlari hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlari boshlangan. Ushbu jarayonlar 30 iyuldan 10 avgustgacha o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat harbiylari shartli dushmanning yashirin bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish, ular tomonidan ehtimoliy hujumlar amalga oshirilganda, uni bartaraf etish kabi vazifalarni bajarishadi.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing