Toliblar tuzgan hukumat inauguratsiyasi 11 sentyabrda o‘tkaziladi. Unga olti davlat taklif qilindi

Olam

image

Afg‘onistonning “Tolibon” tomonidan tuzilgan hukumatining inauguratsiya marosimi joriy yilning 11 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayanib xabar bermoqda.

“Tolibon”ning inauguratsiya marosimiga olti davlat taklif qilingan.

“O‘tish davri hukumatining inauguratsiyasi 11 sentyabrga belgilangan. Ayni vaqtda Rossiya, Xitoy, Qatar, Turkiya, Pokiston va Eron marosimga taklif qilingan”, deydi manba.

Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston hukumati rahbarining o‘rinbosari Abdulg‘ani Barodar tez orada Qatarga borib, yana qator davlatlar delegatsiyasini taklif qiladi.

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

727

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing