Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston nomidan kimlar qatnashishi ma’lum bo‘ldi (ro‘yxat)

Sport

image

Joriy yilning 23 iyulidan 8 avgustga qadar Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. To‘rt yillikning eng nufuzli sport musobaqasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasining yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi. 

O‘zbekistonlik sportchilar o‘z yo‘nalishlarida 2017 yildan buyon Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Xalqaro musobaqalarda bahs olib borishdi. Yakunda kunchiqar yurtda o‘tadigan mazkur Olimpiadaga sportning 17 turida 71 ta yo‘llanma qo‘lga kiritildi. 

Boks (11 nafar):

  • -52 kg: Shahobiddin Zoirov
  • -57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
  • -63 kg: Elnur Abduraimov
  • -69 kg: Bobousmon Baturov
  • -75 kg: Fanat Qahramonov
  • -81 kg: Dilshod Ro‘zmetov
  • -91 kg: Sanjar Tursunov
  • +91 kg: Bahodir Jalolov
  • -51 kg: Tursunoy Rahimova
  • -60 kg: Rayhona Qodirova
  • -69 kg: Shahnoza Yunusova

Erkin kurash (4 nafar):

  • -57 kg: G‘ulomjon Abdullayev
  • -74 kg: Bekzod Abdurahmonov
  • -86 kg: Javrail Shapiyev
  • -97 kg: Magomed Ibragimov

Yunon-rum kurashi (4 nafar):

  • -60 kg: Elmurat Tasmuradov
  • -77 kg: Jalgasbay Berdimuratov
  • -87 kg: Rustam Assakalov
  • -130 kg: Mo‘minjon Abdullayev

Taekvondo (4 nafar):

  • -68 kg: Ulug‘bek Rashitov
  • -80 kg: Nikita Rafalovich
  • -67 kg: Nigora Tursunqulova
  • +67 kg: Svetlana Osipova

Og‘ir atletika (4 nafar):

  • -67 kg: Adhamjon Ergashev
  • -109 kg: Akbar Jo‘rayev
  • -55 kg: Muattar Nabiyeva
  • -76 kg: Kumushxon Fayzullayeva

Qilichbozlik (3 nafar):

  • Shpaga, ayollar: Malika Hakimova
  • Sablya, ayollar: Zaynab Dayibekova
  • Sablya, erkaklar: Sherzod Mamutov

Yengil atletika (7 nafar):

  • Balandlikka sakrash, ayollar: Svetlana Radzivil
  • Balandlikka sakrash, ayollar: Safina Sadullayeva
  • Bosqon uloqtirish, erkaklar: Suhrob Xo‘jayev
  • Uzunlikka sakrash, ayollar: Darya Reznichenko
  • Uch hatlab sakrash, ayollar: Roksana Xudoyorova
  • Uch hatlab sakrash, erkaklar: Ruslan Kurbanov
  • Ko‘pkurash, ayollar, Yekaterina Voronina

Dzyudo (11 nafar):

  • -60 kg: Sharofiddin Lutfillayev
  • -66 kg: Sardor Nurillayev
  • -73 kg: Hikmatilloh To‘rayev
  • -81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
  • -90 kg: Davlat Bobonov
  • -100 kg: Muhammadkarim Xurramov
  • +100 kg: Bekmurod Oltiboyev
  • -52 kg: Diyora Keldiyorova
  • -63 kg: Farangiz Hojiyeva
  • -70 kg: Gulnoza Matniyazova

Aralash jamoaviy musobaqa

Suzish (2 nafar):

  • 100 m, erkin suzish: Xurshidjon Tursunov
  • 100 m, brass: Yulduz Qo‘chqorova

Kanoeda eshkak eshish (4 nafar):

  • S-2 500 metr: Dilnoza Rahmatova
  • S-2 500 metr: Nilufar Zokirova
  • S-1 200 metr: Dilnoza Rahmatova
  • S-1 200 metr: Nilufar Zokirova

Akademik eshkak eshish (2 nafar):

  • LMX2X, 2000 metr: Sobir Safaraliyev
  • LMX2X, 2000 metr: Shahboz Xolmirzayev

Sport gimnastikasi (2nafar):

  • Yakkalik dastur: Rasuljon Abdurahimov
  • Yakkalik dastur: Oksana Chusovitina

Badiiy gimnastika (6 nafar)

  • Ko‘pkurash: Sabina Tashkenbayeva
  • Guruh mashqi: Nilufar Shomurodova
  • Guruh mashqi: Kseniya Aleksandrova
  • Guruh mashqi: Dinara Ravshanbekova
  • Guruh mashqi: Sevara Safoyeva
  • Guruh mashqi: Kamola Irnazarova

O‘q otish sporti (2 nafar):

  • 10 m, miltiq: Muxtasar Tohirova
  • 50 m, miltiqdan 3 holatda: Muxtasar Tohirova

Velosport (2nafar):

  • Guruh poygasi, erkaklar: Murodjon Xolmurodov
  • Guruh poygasi, ayollar: Olga Zabelinskaya

Zamonaviy beshkurash (2 nafar):

  • Yakkalik, erkaklar: Aleksandr Savkin
  • Yakkalik, ayollar: Alise Faxrutdinova

Tennis (1 nafar):

  • Yakkalik, erkaklar: Denis Istomin.

Maqola muallifi

Teglar

Tennis Dzyudo Boks Tokio-2020 Og'ir atletika Badiiy gimnastika Tokio Olimpiadasi Suzish Erkin kurash Sport gimnastikasi

Baholaganlar

964

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing