Tokio-2021: O‘zbekistonlik bokschilar qachon ringga ko‘tarilishi ma’lum
Sport
−
21 iyul 2021
16376Joriy yilning 4 iyul kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun Yaponiyaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. 24 iyuldan boshlab boks bellashuvlariga start beriladi. Unda erkaklar va ayollar 8 ta vazn toifasida ringga ko‘tariladi. O‘zbekiston delegatsiyasi to‘liq tarkibda ishtirok etmoqda. Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Miraziz Mirzahalilov (-57 kg), Elnur Abduraimov (-63 kg), Bobousmon Boturov (-69 kg), Fanat Qahramonov (-75 kg), Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg) Olimpiada g‘olibligi uchun bahs olib boradi.
Bellashuvlar 24 iyul kuni -57 va -69 kg vaznli bokschilarning janglari bilan boshlanadi. Olimpiya o‘yinlari taqvimiga ko‘ra, charmqo‘lqop ustalari quyidagi kunlarda ringga ko‘tariladi.
-52 kg:
26 iyul - 1/16 final
31 iyul - 1/8 final
3 avgust - 1/4 final
5 avgust - 1/2 final
7 avgust - final
- 57 kg:
24 iyul - 1/16 final
28 iyul - 1/8 final
1 avgust - 1/4 final
3 avgust - 1/2 final
5 avgust - final
- 63 kg:
25 iyul - 1/16 final
31 iyul - 1/8 final
3 avgust - 1/4 final
6 avgust - 1/2 final
8 avgust - final
- 69 kg:
24 iyul - 1/16 final
27 iyul - 1/8 final
30 iyul - 1/4 final
1 avgust - 1/2 final
3 avgust - final
- 75 kg:
26 iyul - 1/16 final
29 iyul - 1/8 final
1 avgust - 1/4 final
5 avgust - 1/2 final
7 avgust - final
- 81 kg:
25 iyul - 1/16 final
28 iyul - 1/8 final
30 iyul - 1/4 final
1 avgust - 1/2 final
4 avgust - final
- 91 kg:
27 iyul - 1/8 final
30 iyul - 1/4 final
3 avgust - 1/2 final
6 avgust - final
+ 91 kg:
29 iyul - 1/8 final
1 avgust - 1/4 final
4 avgust - 1/2 final
8 avgust – final
Ma’lumot o‘rnida, Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga 2 kun qolganida, 21 iyul kuni O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolari “Olimpiya shaharchasi”ga yetib borishdi.
LiveBarchasi