Tokio-2021: dzyudo bahslariga qur’a tashlandi. Ertaga dzyudochilar tatamiga chiqadi
Sport
−
22 iyul 2021
3228Bugun, 22 iyul kuni XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan dzyudo musobaqalariga Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbardlari ishtirokida qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Tokio Olimpiadasida ishtirok etayotgan 10 nafar (7 erkak, 3 ayol) o‘zbekistonlik dzyudochi ilk raqiblarini bilib oldi.
“Nippon Budokan” arena mezbonlik qiluvchi dzyudo musobaqasi ikkita tatamida o‘tkaziladi. 23 iyuldan boshlab, har kuni erkaklar hamda ayollar o‘rtasida bittadan vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
Qur’a natijalari quyidagicha:
-60 kg: Sharofiddin Lutfullayev — Artyom Lesyuk (Ukraina) / Xose Ramos (Gvatemala)
-66 kg: Sardor Nurillayev — Denis Viyeru (Moldova)
-73 kg: Hikmatulloh To‘rayev — Igor Vantdeke (Germaniya)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev — Ugo Kumbo (Vanuatu)
-90 kg: Davlat Bobonov — Nikolas Mungai (Italiya)
-100 kg: Muhammadkarim Hurramov — Benjamin Fletcher (Irlandiya)
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev — Durenbayar Ulzibayar (Mo‘g‘uliston)
-52 kg: Diyora Keldiyorova — Sosorbaram Lxagvasuren (Mo‘g‘uliston)
-63 kg: Farangiz Hojiyeva — Sandrin Billet (Kabo-Verde)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova — Demos Memneloum (Chad)
O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor aralash jamoaviy bellashuvlarda ham ishtirok etadi. Musobaqa qur’asiga ko‘ra ilk davrada Ilias Iliadis shogirdlariga Niderlandiya terma jamoasi raqiblik qiladi:
Ma’lumot o‘rnida, Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da saralash, 13:00 da final bellashuvlari, 15:30 da esa taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
LiveBarchasi