Tokio-2020: Zaynab Dayibekova chorak finalda imkoniyatni boy berdi
Sport
−
26 iyul 2021
3890Qilichbozlikning sablya yo‘nalishida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Zaynab Dayibekova vengriyalik Anna Martonga qarshi supachaga chiqdi va 11:15 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Bu bahsga qadar Dayibekova nimchorak finalda janubiy koreyalik Jicu Yon bilan ro‘baro‘ kelgan va bahsni ustunlik bilan o‘tkazib, 15:12 hisobida g‘alaba qozongandi.
Ikkinchi davrada esa qoraqalpog‘istonlik sportchiga Osiyo o‘yinlari finalchisi xitoylik Yasi Shao raqiblik qildi. Dayibekova ushbu bellashuvni ham ko‘ngildagidek o‘tkazib, 15:10 hisobida raqibidan ustun keldi. Zaynab Dayibekova reytingda 35, Shao esa 3-raqamda saralangan edi.
Dastlabki bosqichda esa, mezbon mamlakat — Yaponiya vakili Chika Aokiga qarshi kechgan jangda 15:9 hisobidagi g‘alaba evaziga o‘zbek sportchilarining bugungi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab bergan edi.
Avvalroq, taekvondochi Nikita Rafalovich Olimpiadaning yarim finaliga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi