Tokio-2020: Zaynab Dayibekova chorak finalda imkoniyatni boy berdi

Sport

image

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Zaynab Dayibekova vengriyalik Anna Martonga qarshi supachaga chiqdi va 11:15 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bu bahsga qadar Dayibekova nimchorak finalda janubiy koreyalik Jicu Yon bilan ro‘baro‘ kelgan va bahsni ustunlik bilan o‘tkazib, 15:12 hisobida g‘alaba qozongandi.

Ikkinchi davrada esa qoraqalpog‘istonlik sportchiga Osiyo o‘yinlari finalchisi xitoylik Yasi Shao raqiblik qildi. Dayibekova ushbu bellashuvni ham ko‘ngildagidek o‘tkazib, 15:10 hisobida raqibidan ustun keldi. Zaynab Dayibekova reytingda 35, Shao esa 3-raqamda saralangan edi.

Dastlabki bosqichda esa, mezbon mamlakat — Yaponiya vakili Chika Aokiga qarshi kechgan jangda 15:9 hisobidagi g‘alaba evaziga o‘zbek sportchilarining bugungi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab bergan edi.

Avvalroq, taekvondochi Nikita Rafalovich Olimpiadaning yarim finaliga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing