Tokio-2020: Zaynab Dayibekova chorak finalda!

Sport

image

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishida O‘zbekiston nomidan Olimpiadada ishtirok etayotgan 18 yoshli sportchi Zaynab Dayibekova chorak finalga yo‘l oldi. 

Nimchorak finalda janubiy koreyalik Jicu Yon bilan ro‘baro‘ kelgan o‘zbekistonlik sportchi bahsni ustunlik bilan o‘tkazdi. Bellashuv Dayibekovaning 15:12 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, mezbon mamlakat — Yaponiya vakili Chika Aokiga qarshi kechgan jangda 15:9 g‘alaba bilan o‘zbek sportchilarining bugungi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab bergan edi. 

Ikkinchi davrada qoraqalpog‘istonlik sportchiga Osiyo o‘yinlari finalchisi xitoylik Yasi Shao raqiblik qildi. Dayibekova ushbu bellashuvni ham ko‘ngildagidek o‘tkazib, 15:10 hisobida raqibidan ustun keldi. Dayibekova reytingda 35, Shao esa 3-raqamda saralangan edi.

Avvalroq, taekvondochi Nikita Rafalovich g‘alaba qozongani, Nigora Tursunqulova esa mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada bronza medal uchun dayanga chiqish imkoniyati saqlanib qolgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Qilichbozlik Zaynab Dayibekova

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing