Tokio-2020: vazirlik O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgarganiga munosabat bildirdi

Sport

image

Avvalroq, Tokio Olimpiadasi ochilishi marosimi vaqtida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroq ko‘taradigan sportchilari so‘nggi pallada o‘zgargani haqida xabar bergan edik. Turizim va sport vazirligi Olimpiada delegatsiyasi bayroqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq masalaga oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, ertaga, 24 iyul kuni Bobousmon Boturov ringga chiqishi kerak. Xavfsizlik nuqtai nazaridan ochilish marosimida ishtirok etadigan har bir kishi tadbirdan bir necha soat oldin stadionga yetib borishi, marosim davomida tik oyoqda turishi, tekshiruvlardan o‘tishi lozim. Bu esa sportchilarni “urintirib” qo‘yishi tabiiy. Shuni inobatga olgan holda delegatsiyasi rahbariyati bayroqdorlarni o‘zgartirishga qaror qilgan. Bobousmonning o‘rnini boks bo‘yicha Jahon va Osiyo chempioni Bahodir Jalolov egallagan.

O‘z navbatida 25 iyul kuni bahslarga kirishadigan Oksana Chusovitina ham o‘zining so‘nggi Olimpiadasiga jiddiy hozirlik ko‘rish maqsadida o‘z o‘rnini bo‘shatgan va sport gimnastikasi afsonasi taekvondo bo‘yicha Osiyo chempioni Nigora Tursunqulovaga almashtirilgan.

Ma’lumki, koronavirus pandemiyasi sabab ushbu musobaqa 1 yilga kechiktirilgan edi. Bugun bo‘lib o‘tadigan marosimda ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qatnashchilarning soniga ham cheklovlar qo‘yilgan. Jumladan, faxriy mehmonlar va rasmiylarning soni 950 nafardan oshmasligi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari 8 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Oksana Chusovitina Bahodir Jalolov Tokio-2020 Bobousmon Boturov Nigora Tursunqulova Olimpiada bayroqdori

Baholaganlar

405

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing