Tokio-2020: o‘zbekistonlik so‘nggi taekvondochi musobaqani tark etdi
Sport
−
27 iyul 2021
3481Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida O‘zbekiston taekvondo terma jamoasining so‘nggi a’zosi +67kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Svetlana Osipova ilk bosqichda mag‘lubiyatga uchradi.
Dastlabki bellashuvni Osipova qozog‘istonlik Janzel Denizga qarshi o‘tkazdi. Murosasiz o‘tgan bahs 9:9 hisobida yakunlanayotgan bir paytda, so‘nggi soniyada o‘tkazib yuborilgan qo‘l zarbasi natijasida o‘zbekistonlik taekvondochi mag‘lub bo‘ldi. Unda qozog‘istonlik Deniz finalga yetib borgan taqdirda bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlanib qoladi.
Ma’lumot o‘rnida, 25 iyul kuni o‘tkazilgan -68 kg vazn toifasidagi taekvondochilar o‘rtasidagi bahslarda Ulug‘bek Rashidov Olimpiada sempionligini qo‘lga kiritgan edi. Kecha, 26 iyul kuni ayollar o‘rtasida -67 kg vazndagi Nigora Tursunqulova ilk bosqichdayoq mag‘lub bo‘lgan edi. -80 kg vazn toifasida esa Nikita Rafalovich bronza medali uchun bahsda dayanga ko‘tarilib, imkoniyatni boy berdi.
LiveBarchasi