O‘zbekistonlik taekvondochilar jahon reytingida peshqadamga aylandi
Sport
−
09:59 2117 1 daqiqa
Kecha, 11 fevral kuni Butunjahon taekvondo federatsiyasi fevral oyi uchun yangilangan jahon reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi Najmiddin Qosimxojiyev va Svetlana Osipova o‘z vazn toifalarida yetakchilik qilmoqda. Bu haqda mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Butunjahon taekvondo federatsiyasi yangilangan jahon reytingiga ko‘ra, 74 kg vazn toifasi reytingida 185.40 ochko bilan Najmiddin Qosimxojiyev yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, 73 kg va undan yuqori bo‘lgan vazn toifasi reytingida Svetlana Osipova yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 210.20 reyting ochko mavjud.
Bundan tashqari, 54 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Jahongir Xudoyberdiyev ushbu reytingda uchinchi o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Najmiddin Qosimxojiyev Xitoyning Usi shahrida bo‘lib o‘tgan taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni, Svetlana Osipova esa kumush medalni qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi