Tokio-2020: o‘zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroki yakunlandi

Sport

image

Bugun, 29 avgust kuni, Tokio-2020 Paralimpiadasida Sabina Suxanova para yengil atletikaning T37 klassida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etdi va medal qo‘lga kirita olmadi.

E’tiborlisi, Suxanova ushbu bahsda 4,36 metr ko‘rsatkich qayd etgan holda o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi. Biroq ushbu natija medallar uchun kamlik qildi va u 5-o‘rinni egalladi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilarning bugun, 29 avgustdagi ishtiroki yakunlandi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 avgust kuni 13 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirok etdi. Faqatgina para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Sharif Halilov Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun braziliyalik Tenerio da Silvaga qarshi tatamiga chiqib, g‘alaba qozondi.

Malumot uchun, ishtirok etgan 13 nafar sport  O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 12 ta medal mavjud. Shulardan 4 tasi oltin, 4 tasi kumush va yana 4 tasi bronza.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Paralimpiada Sharif Halilov

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing