Tokio-2020: O‘zbekistonlik para taekvondochi yarim finalga yo‘l oldi
Sport
−
04 Sentabr 2021
3765Tokio shahrida Paralimpiadaning Para taekvondo bo‘yicha bahslari davom etmoqda. Ayollar o‘rtasida +58 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Guljanoy Naimova yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Unga chorak finalda yaponiyalik para taekvondochi Shoko Ota raqiblik qildi. Bellashuvda Naimova 37:12 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Guljanoy Naimova final ostonasida Buyuk Britaniya vakili Emi Trusdeyga qarshi dayanga chiqadi. Ushbu jang bugun, 4 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.
O‘zbekistonlik sportchi avvalgi bosqichda 1/16 finalda eronlik Rayexex Shaxabni 30:9 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
LiveBarchasi