Tokio-2020: o‘zbekistonlik dzyudochilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi
Sport
−
30 avgust 2021
4126Kecha, 29 avgust kuni Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudo bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda o‘zbekistonlik para dzyudochilar 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medal qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi. Birinchi pog‘ona ozarbayjonlik dzyudochilarga nasib etdi. Ularning hisobida 6 ta oltin va 2 ta bronza medal bor. O‘zbekiston umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi.
Erkaklar
-66 kg Uchqun Quronboyev – oltin medal
-73 kg Feruz Sayidov – oltin medal
-81 kg Dovurxon Karomatov – kumush medal
-100 kg Sharif Halilov – bronza medal
Ayollar
-57 kg Parvina Samandarova – kumush medal
-63 kg Nafisa Sheripboyeva - bronza medal
Ma’lumot uchun, Rio Paralimpiadasida O‘zbekiston para dzyudo terma jamoasi 3 ta oltin 1 kumush va 7 ta bronza medal qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egallagandi.
LiveBarchasi