Tokio-2020: Shirin Sharipov Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatildi va medalsiz qoldi
Sport
−
29 avgust 2021
22378Bugun, 29 avgust kuni Shirin Sharipov Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatildi. U para dzyudo bellashuvlarining +100 kg vazn toifasida bronza medali uchun ozarbayjonlik Ilxam Zakiyevga qarshi tatamiga chiqishi kerak edi.
Ammo Sharipov yarim final bosqichida raqibiga nisbatan mumkin bo‘lmagan usulni qo‘llagani uchun musobaqa hakamlari tomonidan diskvalifikatsiya qilindi va g‘alaba ozarbayjon vakiliga berildi.
Eslatib o‘tamiz, -100 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Sharif Halilov Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun braziliyalik Tenerio da Silvaga qarshi tatamiga chiqib, g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Sharipov Rio Olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr