Tokio-2020: og‘ir atletika bellashuvlarida Olimpiya rekordi o‘rnatildi

Sport

image

Xitoylik og‘ir atletikachi Xou Chjixuyey Tokioda bo‘lib o‘tayogan Olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqdi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda 49 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Olimpiada rekordini yangiladi. Ushbu vazn toifasi Olimpiya o‘yinlari uchun yangi hisoblanadi.

Dast ko‘tarishda sportchi 94 kg og‘irlikka ega toshni ko‘tarib, Olimpiada rekordini o‘rnatdi. So‘ng, siltab ko‘tarishda 116 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirdi va yana rekord o‘rnatdi. Xou umumiy 210 kg og‘irlikni ko‘tarib, bir yo‘la 3 ta Olimpiya rekordini o‘rnatdi.

1. Xou Chjixuey (Xitoy) - 210 kg (Olimpiya o‘yinlari rekordi)
2. Sayxom Mirabai Chanu (Hindiston) - 202 yil
3. Aisa Vindi Kantika (Indoneziya) - 194 yil

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi 4 nafar og‘ir atletikachi bilan bahslarda ishtirok etmoqda. 25 iyul kuni Tokio-2020 Olimpiadasining -67 kg vazn toifasida Adhamjon Ergashev, 26 iyul kuni esa ayollar o‘rtasidagi -55 kg vaznda Muattar Nabiyeva supachaga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Og'ir atletika Xou Chjixuey Olimpiya rekordi

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing