Norvegiya Olimpiadada rekord darajada medallar qo‘lga kiritdi
Sport
−
23 fevral 1321 1 daqiqa
Norvegiya terma jamoasi Italiyada yakuniga yetgan qishki Olimpiya o‘yinlarida umumjamoa medallar hisobida g‘olib chiqdi va umumiy medal qo‘lga kiritish bo‘yicha yangi Olimpiya rekordini o‘rnatdi.
Norvegiyalik sportchilar musobaqa davomida 18 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, jami 41 ta medal jamg‘ardi. Shu tariqa Norvegiya bitta qishki Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p oltin medal va eng ko‘p umumiy medal qo‘lga kiritish bo‘yicha yangi Olimpiya rekordini o‘rnatdi.
Medallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni AQSH egalladi. Ular 12 oltin, 12 kumush va 9 bronza jami 33 ta medal qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikni jami 20 ta medal bilan (10 oltin, 7 kumush va 3 bronza) Niderlandiya yakunladi.
Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasida ikki nafar sportchi Daniil Yeybog va Medet Nazarov short-trek hamda tog‘ chang‘isi dasturlarida musobaqalarda ishtirok etdi va medallar uchun kurashda raqiblariga imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.
Shu tariqa Norvegiya terma jamoasi 2026 yilgi qishki Olimpiadada rekord natija bilan umumjamoa hisobida g‘alaba qozondi.
Live
Barchasi