Tokio-2020: Ikki o‘zbekistonlik paralimpiyachi medallar uchun kurashdan chiqdi
Sport
−
29 avgust 2021
3041Para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 88 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Farhod Umrzoqov imkoniyatni boy berdi.
U medallar uchun kechgan bahsda 212 kg natija bilan 4-o‘rinni egalladi. Umrzoqovga bronza medallari uchun 2 kg kamlik qildi.
Kecha, 28 avgust kuni Ro‘za Qo‘ziyeva ayollar o‘rtasida 61 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 90 kg vazn toifasida Shuhrat Boboyev bronza medali uchun o‘tish bahsida qozog‘istonlik Janbota Amanjolga imkoniyatni boy berdi.
Boboyev chorak finalda britaniyalik Elliot Styuartga mag‘lub bo‘ldi. “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan bellashuvda o‘zbekistonlik dzyudochi passivligi uchun 3 marta ogohlantirildi. Natijada Styuart g‘olib, deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 avgust kuni “Nippon Budakan” arenasida o‘tayotgan dzyudo bahslarida tatamiga ko‘tarilgan 4 nafar o‘zbekistonlik sportchining barchasi medal qo‘lga kiritdi:
73 kg: Feruz Saidov – oltin medal;
81 kg: Dovurxon Karomatov – kumush medal;
57 kg: Parvina Samandarova – kumush medal;
63 kg: Nafisa Sheripboyeva – bronza medal.
LiveBarchasi