Ro‘za Qo‘ziyeva ikkinchi marta Paralimpiada kumush medalini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Paralimpiada o‘yinlarining para pauerlifting bahslarida o‘zbekistonlik Ro‘za Qo‘ziyeva kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada -73 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Qo‘ziyeva 147 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va Paralimpiadada ikkinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 25 ta – 10 ta oltin, 9 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida o‘zbekistonlik Nurxon Qurbonova 21,12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiya hisobiga 10-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

kumush Ro'za Qo'zieva para pauerlifting

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made