Toki imkoniyat bor ekan, biz harakat qilamiz – Gvardiola
Sport
−
18 fevral 2025 3332 1 daqiqa
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga chiqish imkoniyati haqida gapirdi. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.
“Agar mendan “Bernabeu”dagi o‘yinda g‘alaba qozonish ehtimoli haqida so‘ralsa, hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda, g‘alaba qozonish foizini 1 ga baholayman. Lekin imkoniyat bor ekan, biz harakat qilamiz”, deydi Gvardiola.
Ma’lumot o‘rnida, 12 fevralga o‘tar kechasi “Manchester Siti” - “Real Madrid” o‘rtasidagi ilk o‘yinda madridliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan. Javob o‘yini 20 fevralga o‘tar kechasi Madriddagi “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” “qirollik klubi”ga qarshi o‘yindan oldin, ya’ni 15 fevral kuni APL 25-turi uchrashuvida maydonga tushdi va “Nyukasl”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. “Real” esa La Liga doirasida “Osasuna” bilan durang o‘ynadi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr