Tok urib vafot etgan 11 yoshli qizchaning onasi erini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Mirobod tumanida 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etgandi. Ushbu qizning onasi erini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 30 may kuni taxminan soat 18:00 da Mirobod tumanining Amir Temur ko‘chasidagi savdo do‘konlaridan birining tom qismiga 2014 yilda tug‘ilgan N.A. ukasining o‘yinchog‘ini olib tushish uchun narvon yordamida chiqqan. Qaytib tushayotgan vaqtida tom qismiga yaqin joydan o‘tuvchi elektr tokini ushlab olgan va tok urishi oqibatida voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida ayol 7 yashar qizini pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingandi. Keyinroq buni Bosh prokuratura ham tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura jinoyat ishi qasddan odam o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing