Toqayev portlashdan keyin Aris shahriga bordi

Olam

image

Avvalroq, Turkiston viloyati Aris shahridagi harbiy qimda portlash bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev voqea joyiga borishi ma’lum qilingandi.

Bugun 25 iyun kuni Qosim-Jomart Toqayev Aris shahriga bordi. U yerda Arisdan evakuatsiya qilingan aholi vakillari bilan uchrashgan hamda portlashda jabrlanib, shifoxonaga yotqizilganlarning holidan xabar olgan.

Qayd etilishicha, ombordagi yong‘inni o‘chirish ishlari portlashlar davom etayotgani sababli to‘xtab turibdi.

Касым-Жомарт Токаев посетил в больнице пострадавших от взрывов в Арыси (ВИДЕО)

Arisdagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri harbiy, ikkinchisi oddiy fuqaro. Baxtsiz hodisada jarohatlangan 165 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 15 nafar jabrlanuvchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, portlashdan keyin Aris shahrining 45 ming nafarga yaqin aholisi to‘laligicha Chimkent va atrofdagi boshqa aholi manzilgohlariga evkuatsiya qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston portlash Aris

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing