Toshkent viloyatidagi to‘rt shahar va bir tumanda “o‘zini yakkalash rejimi” joriy qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Toshkent, Nukus shaharlari viloyatlar markazlarida joriy etilgan cheklovlar yana to‘rt shahar va bir tumanda tatbiq etiladi. Bu haqda O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning qo‘shma qarorida belgilangan.

“Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida joriy etilgan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha cheklovlar Toshkent viloyatining Chirchiq, Olmaliq, Bekobod, Yangiyo‘l shaharlari, Chinoz tumaniga nisbatan ham tatbiq etiladi”, deyilgan qarorda.

Ma’lumot o‘rnida, Respublika maxsus komissiyasining mart oyi oxiridagi qarori bilan avtomobillarda harakatlanishiga cheklovlar o‘rnatilgandi. Faqatgina ma’lum avtomobillar ruxsatnomasiz harakatlanishiga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha kasallik yuqtirganlar 1113 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 99 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1010 kishini tashkil etmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing