Tog‘li Qorabog‘da masjidlardan molxona sifatida foydalanilgan (fotoreportaj)
Olam
−
22 noyabr 2020
36962Xabaringiz bor, Tog‘li Qorabog‘da qariyb 1,5 oy davom etgan urushdan so‘ng joriy yilning 10 noyabr kuni tinchlik o‘rnatildi. Armaniston ba’zi tumanlarni Ozarbayjonga topshirish majburiyatini olib, Rossiya vositachiligida sulhga erishdi.
Uch tomonlama bitimga ko‘ra, Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi Agdam, Kelbajar va Lochin tumanlarini rasmiy Baku nazoratiga torishirishi belgilangan. Dastlab Agdam tumani Ozarbayjonga qaytarildi.
Armaniston 1990 yilda Tog‘li Qorabog‘ni egallaganidan so‘ng, jamoat joylari, maktablar, kasalxonalar, tarixiy obidalar, masjidlar, qabristonlar, uylarni vayronaga aylantirgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, masjidlardan mol va cho‘chqalar boqiladigan joy sifatida foydalanilgan.
Ozarbayjonliklar bu yerdagi ahvolni ko‘rib, Agdamni “Kavkazning Xirosima”si deb atashmoqda.
Ammo shunga qaramay, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev armanlar bilan dushmanlikni to‘xtatishga chaqirib, Tog‘li Qorabog‘da yashovchi armanlarni Ozarbayjon xalqi bilan yonma-yon tinch yashashga chaqirgan.
Qayd etish kerakki, Qorabog‘dagi tumanlar Ozarbayjon nazoratiga o‘tishidan avval ham u yerdagi tarixiy obidalar vayron qilinayotgani haqida xabar berilgan. Ammo bu ma’lumotlar muntazam ravishda inkor qilib kelingan. Endilikda qator hududlar Baku nazoratiga o‘tgach, u yerda madaniyat merosga munosabatni dunyo hamjamiyati ko‘rdi.
UNESCO ham Armaniston va Ozarbayjonga mojaro tugaganidan keyin Tog‘li Qorabog‘ning tarixiy merosini saqlashda yordam berishga tayyor ekanini bildirdi. Tashkilot mintaqaga bir guruh mutaxassislarini yuborishni rejalashtiryapti.
LiveBarchasi