TIV o‘zbekistonlik futbolchilar jiddiy tekshirilishi bo‘yicha AQSHga so‘rov yubordi
Sport
−
10 iyun 15401 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari AQSHda qat’iy tekshiruvdan o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQSH tomoniga so‘rov yubordi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, futbolchilar bilan ro‘y bergan holat yuzasidan O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi orqali AQSHning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatilgan va yuzaga kelgan vaziyatga rasmiy izoh taqdim etish so‘ralgan.
“Har qanday xavfsizlik choralari davlatlarning ichki qoidalariga muvofiq amalga oshirilishini tushunish bilan qabul qilgan holda, bunday jarayonlar sport tadbirlarining ruhiga, jumladan o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlarga putur yetkazmasligini muhim, deb hisoblaymiz”, deydi TIV matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ham munosabat bildirgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust