TIV o‘zbek-afg‘on chegarasidagi vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi
O‘zbekiston
−
15 Avgust 2021 18464 1 daqiqa
Bugn, 15 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Xususan, ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.
“Bunga faol siyosiy va diplomatik sa’y-harakatlar, shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erishildi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, TIV 84 nafar Afg‘onisto harbiysi O‘zbekiston tomonga qochib o‘tgani, DXX Chegara qo‘shinlari xizmatchilari ularni ushlaganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 avgust kuni Afg‘oniston shimolidagi Mozori-Sharif shahri "Tolibon" nazoratiga o‘tdi. Shu bilan birga Kunar va Nangarxor viloyatlari markazlarini ham nazoratiga olgan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr