TIV samolyotda vafot etgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
11 noyabr 2019
6746Avvalroq, Moskvadan Farg‘onaga uchgan samolyotda O‘zbekiston fuqarosi to‘satdan vafot etgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 8 noyabr kuni Moskva – Farg‘ona yo‘nalishidagi “Ural Airlines” aviakompaniyasi samolyoti parvozi chog‘ida O‘zbekiston fuqarosi G.T. o‘zini yomon his qilgan.
Natijada Samara shahrining “Kurumoch” ayeroportida favqulodda qo‘nishga qaror qilingan. Samalyot reanimatsiya va tez tibbiy yordam mashinalari bilan kutib olindi, afsuski G.T. shifokorlar kelguniga qadar vafot etgan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va marhum tanasini Vatanga qaytarish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
LiveBarchasi