TIV Rossiyaga ketayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Primore gubernatori o‘zbekistonliklar uchun ham muhim bo‘lga hujjatni imzoladi. 12 sentyabr kuni tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, 2020 yildan boshlab, Primore o‘lkasi hududida patent asosida ishlaydigan chet ellik ishchilardan transport sohasida foydalanishga taqiq qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Hujjatga ko‘ra, chet ellik fuqarolarning shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslar, tramvay, trolleybus va taksi haydovchisi sifatida ishlashlari taqiqlanadi. Sayyohlik va ekskursiya yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritadigan ijaraga olingan avtobus haydovchilari bundan mustasno. 

Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiya hududida bo‘lib turgan va Primore o‘lkasiga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yuqorida ko‘rsatilgan taqiqlarni hisobga olishlarini so‘raydi. 


Maqola muallifi

Teglar

TIV Rossiya Primore

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing