TIV xorijdagi o‘zbekistonliklar va mamlakatdagi xorijliklarga murojaat yo‘lladi

Jamiyat

O‘zbekistonda maktab, bog‘cha va OTMlar karantinga yopiladi north_east

O‘zbekistonda maktab, bog‘cha va OTMlar karantinga yopiladi

O‘zbekistonga koronavirus kirishi munosabati bilan Bosh vazir qarori bilan maxsus cheklovlar belgilandi va shu choralar doirasida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan kirish va mamlakatdan chiqish taqiqlandi. Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi chet ellardagi o‘zbekistonliklar va O‘zbekistondagi xorijliklarga murojaat bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga Vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.

Shu bilan birga, davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni soat 06:00 da O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan fuqaro joriy yilning 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan. Virus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing