O‘zbekistonda maktab, bog‘cha va OTMlar karantinga yopiladi

Jamiyat

image
Bosh vazir koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi north_east

Bosh vazir koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16 martdan e’tiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan. Ta’kidlanishicha, ta’lim muassasalaridagi karantin ikki haftagacha davom etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi. Virus Fransiyadan kelgan o‘zbekistonlik ayolda aniqlandi. Ayolning oila a’zolari va u bilan bir reysda kelganlar karantinga olinishin ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

1207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing