Bosh vazir koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Jamiyat

image

Bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Virus Fransiyadan kelgan o‘zbekistonlik ayolda aniqlandi.

Virusning O‘zbekistonga kirishi ortidan 15 mart soat 13:00 da Vazirlar Maxkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Hozirda koronavirus aniqlangan ayolning oila a’zolari va u bilan aloqada bo‘lganlar karantinga olingan. Shuningdek, ayol bilan samolyotda Toshkentga kelganlar ham izolyatsiya qilingan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston koronavirus

Baholaganlar

895

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing