TIV Qozog‘istonga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.

O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Qozog‘iston sinoptiklari bugun, 1 iyuldan Qizilo‘rda va Turkiston viloyatlarida havo harorati 45-47 darajagacha ko‘tarilishidan ogohlantirgan. Jazirama havo Olma-ota, Jambil, Kostanay va Qorag‘anda viloyatlarida ham kutilyapti.

Shuningdek, Qizilo‘rda, Turkiston, Jambil, Aqto‘be, Kostanay, Olma-ota viloyatlarida favqulodda yong‘in xavfi saqlanib qoladi.

Shu sababdan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning yuqorida aytilgan hududlariga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarini xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Qozog'iston

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made