TIV deputatning uyida joniga qasd qilgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi
Olam
−
26 Sentabr 2019
11194Avvalroq, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida oqsoch bo‘lib ishlayotgan 23 yashar o‘zbekistonlik Nodira Qodirova generalning to‘pponchasi bilan o‘zini otib, joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Turkiyadagi O‘zbekiston elchixonasining vazirlikka ma’lum qilishicha, joriy yilning 23 sentyar kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirova vafot etgan.
Elchixonaning Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan. Konsullik-huquqiy masalalar va kerakli hujjatlar rasmiylashtirilgach, marhumaning jasadi 25 sentyabr kuni Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bilan O‘zbekistonga olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, voqea joyida o‘tkazilgan tekshiruvda suiqasddan boshqa biror shubhali holat aniqlanmagvn. Nodira Qodirovaning xonasida joniga qasd qilish niyatida bo‘lgani to‘g‘risidagi qaydlar va boshqa barcha dalillar tergov materialiga kiritilgan. Mazkur qotillik ishini prokuratura o‘z nazoratiga olgan.
LiveBarchasi