TIV: “Chegarada qolayotgan o‘zbekistonlik haydovchilar avtomobillarini tashlab ketishni rad etgan”

Olam

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning 11 nafar fuqarosi Prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan videomurojaati paydo bo‘lgani, fuqarolar Eron va Turkmaniston o‘rtasidagi chegara postida qolib ketayotgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu masala yuzasidan TIV Konsullik-huquqiy departamenti axborot berdi.

Axborotda 2020 yilning 7 mart kuni O‘zbekistonning Tehron shahridagi elchixonasi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara yopilishi sababli 700 ga yaqin haydovchi, jumladan, 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi “Lutfobod” va “Saraxs” chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgani to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlandi. 

Ta’kidlanishicha, elchixonaning konsullik bo‘limi 23 fevraldan buyon mazkur vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib vatanga qaytishni rad etishgan. 

“O‘zbekistonning Tehron va Ashxabod shaharlaridagi elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda ushbu masalani hal qilish uchun Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot olib bormoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Turkmaniston

Baholaganlar

332

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing