TIV binosidan jasad topildi

Olam

image

Bugun, 14 fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi binosidan erkak jasadi topildi. “Govorit Moskva” nashrining yozishicha, vafot etgan shaxs TIV xodimi 68 yoshli Oleg Krivov bo‘lgan. Jasad 19-qavatdagi hojatxonadan topilgan.

U qurollarning tarqalishi qoidalariga rioya qilish muammolari bilan shug‘ullanuvchi departamentda ishlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Krivovning o‘limiga yurak huruji sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hozircha Vazirlik binosidan jasad topilgani haqida rasmiy axborot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Rossiya jasad

Baholaganlar

412

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing