TIV Afg‘onistondagi zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Bu haqdagi bayonot vazirlikning saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Afg‘onistonning g‘arbiy viloyatlarida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib kelgan zilzila haqidagi xabar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilingan.

“Zilzila qurbonlarining oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz, afg‘on xalqining qayg‘usiga sherikmiz va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston va uning xalqi bilan bugungi og‘ir damlarda birgadir”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 oktyabr kuni Afg‘onistonda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu vayronkor zilzila oqibatida 2 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 9 mingdan ortiq fuqaro jarohatlandi. Zilzila aholisi 272 ming kishi bo‘lgan Hirot shahridan 40 kilometr uzoqlikda yuz bergan. Uning o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Tabiiy ofat kuchi dastlab 6,1 ball deb hisoblangan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tashqi ishlar vazirligi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing