Finlyandiyadan 140 nafar o‘zbek deport qilindi
Jamiyat
−
13 iyul 2019
3395O‘zbekistonning Riga shahridagi (Latviya) elchixonasi ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni qalbakiligi to‘g‘risida gumon qilingan O‘zbekiston fuqarolarining Finlyandiyadan deportatsiya qilinganligi to‘g‘risida qator OAVlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi.
TIV Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda elchixona vaziyatni nazoratga olgan hamda batafsil ma’lumot olish uchun Finlyandiyaning rasmiy vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.
Konsullik-huquqiy departamenti Latviya, Litva, Estoniya, Finlyandiya va Norvegiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Riga shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +371 67-32-24-24, +371 67-32-23-46.
LiveBarchasi