Timur Ishmetov Markaziy bankning yangi raisi bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov nomzodini Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Ma’lum qildi.

Ishmetov 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2000 yilda Toshkent Moliya Institutini tamomlagan. 2005 yilda Birmingham universiteti (Buyuk Britaniya)ni tugatgan. 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – moliyachi (bank va kredit), huquqshunos. 

U 2020 yilning fevrali 2022 yil dekabrigacha O‘zbekiston moliya vaziri lavozimida ishlagan. 2022 yil dekabrdan beri Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis Senatiga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgandi. Oliy Majlisi Senatining Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Timur Ishmetov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing