Timofeyeva WTA reytingida 16 pog‘ona yuqoriladi
Sport
−
13 iyul 1276 1 daqiqa
Uimbldondagi ishtiroki ortidan O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeyeva Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA)ning yangilangan reytingida 16 pog‘ona yuqoriladi. Hozirda u 897 reyting ochkosi bilan jahonning 79-raketkasi bo‘lib turibdi.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Raximova esa reytingda sakkiz pog‘ona pastladi. U 906 ochko bilan 78-o‘rinni egallab turibdi va mamlakatning eng yuqori o‘rindagi tennischisi maqomini saqlab qoldi.
Shuningdek, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Polina Kudermetova ham WTA reytingida to‘rt pog‘ona yuqorilab, 109-o‘ringa ko‘tarildi.
Shu tariqa, yangilangan reytingda O‘zbekistonning eng yaxshi uch tennischisi quyidagicha joylashdi:
- Kamilla Rahimova – 78-o‘rin (906 ochko);
- Mariya Timofeyeva – 79-o‘rin (897 ochko);
- Polina Kudermetova – 109-o‘rin (708 ochko).
Belaruslik Arina Sabalenka tomonidan e’lon qilingan yangilangan jahon reytingida birinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Sabalenka jami 99 hafta davomida jahon reytingi peshqadami bo‘lib turibdi. Shu tariqa u uch karra “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibi va 1996 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni amerikalik Lindsi Devenportni ortda qoldirdi.
Devenport o‘z vaqtida 98 hafta davomida reytingning birinchi pog‘onasini egallagan edi.
Live
Barchasi