Mariya Timofeyeva “US Open”dagi ishtirokini yakunladi
Sport
−
10:48 447 1 daqiqa
Kecha, 3 sentyabr kuni AQSH Ochiq chempionatida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva musobaqadagi yurishini ikkinchi davrada yakunladi.
Jahon reytingida 86-o‘rinda borayotgan Timofeyeva musobaqaning ikkinchi bosqichda turnirga 20-raqam ostida tasniflangan belgiyalik Elize Mertensga qarshi bahs olib bordi. 1 soat 48 daqiqa davom etgan uchrashuvda Mertens 6:2, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Timofeyeva “US Open” musobaqasida 1/16 finalga qadar yetib bordi. Bu uning “Katta dubulg‘a” turniridagi ilk asosiy tur ishtiroklaridan biri bo‘ldi.
Bugun, 4 sentyabr kuni musobaqaning uchinchi davra bahslari boshlanadi. Unda yana bir o‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova jahonning birinchi raqamli tennischisi, belaruslik Arina Sobolenko bilan bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kamilla Rahimova “US Open” ikkinchi davrasida ispaniyalik Oksana Selexmetovani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Live
Barchasi